Kuni kecha Milliy gvardiya Markaziy devon Mehribonlik bolalar muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.Pirmatovning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida viloyat hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari shoʻbasi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼullari hamrohligida Jondor tumanidagi Saidovlar oilasi farzandlari holidan xabar olindi.
Tashrif doirasida, bolajonlarning yashash sharoiti, taʼlim jarayoni hamda kelgusidagi rejalari o‘rganildi, shuningdek, munosib shart-sharoitlar yaratish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan bolajonlarga kitoblar to‘plami hamda sport inventarlari sovg‘a qilindi.