Muqaddas Qurbon Hayit bayrami va Yoshlar kuni munosabati bilan Xiva shahar hokimligi tomonidan oilaviy bolalar uylari farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Bolalarga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq milliy anʼana va urf-odatlar, davlatimiz tomonidan yosh avlodga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amxo‘rlik, bilim olish, kitob mutolaa qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishning ahamiyati haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, bayram dasturxoni atrofida hokimiyat vakillari bolalar bilan turli mavzularda suhbatlashdi: kasb-hunar, sevimli mashg‘ulotlar, mehnat va matonat evaziga yuksak cho‘qqilarni zabt etgan, yurt ravnaqiga hissa qo‘shgan ulug‘ insonlar haqida.