Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Buxoro viloyatidagi "Oilaviy bolalar uyi" farzandlari Buxoro shahridagi Bolalar stomatologiya poliklinikasida bo‘lishdi. U yerda bolajonlar shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ta'kidlash joizki, mazkur tadbirda 40 ga yaqin bolajonlar stomatolog ko‘rigidan o‘tkazildi va zaruriy muolaja ishlari boshlab yuborildi.
Tadbir so‘ngida, mas'ullar tomonidan muolajaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va shifokor ko‘rigida bo‘lish zaruriyatiga qarab bolajonlarning davolanish muddati o‘zaro kelishib olindi.