Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi vakillari Qo‘qon shahridagi 2-sonli bolalar uyi farzandlari holidan doimiy ravishda xabar olib turishadi. Bu safargi tashrifdan maqsad esa muassasaning qish fasliga tayyorligini tekshirish bo‘ldi. Xususan, isitish tizimi, tom va oynalarning holati, issiq choyshablar, kiyim hamda boshqa eng kerakli buyum va uskunalar mavjudligi tekshirildi. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i bolalar uyi xodimlari bilan suhbatlashib, mavjud muammolar hamda bolalar holati to‘g‘risida so‘radi.
Fursatdan foydalanib gvardiyachilar bolalar bilan turli o‘yinlar o‘ynadi, ularga o‘yinchoq va boshqa sovg‘alar ulashishdi.