Yurtimizda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan mazkur bolalarni kelgusida jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari uchun uy-joy bilan taʼminlab, zarur sharoitlar yaratib berilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi tashabbusi bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan Siroj Primov uchun yangi qurilgan uylardan ajratildi.
Mazkur xonadon Siroj Primovga Oqdaryo tumani hokimi Sh. Qudratov va masʼul shaxslar tomonidan tantanali topshirildi. Tadbir ishtirokchilari Sirojni yangi uy bilan muborakbod etib, kelgusida o‘qish va ishlariga omad tiladilar. Shu o‘rinda yangi uy egasi hisoblanmish Siroj Primov ota-ona qaramog‘idan mahrum hamda yetim bolalarga ko‘rsatilayotgan bunday eʼtibor uchun Prezident va viloyat hokimligiga tashakkur aytdi.