O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti "Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon Bolalar shaharchasiga tashrif buyurildi. Tashrif davomida bolalar shaharchasida yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyachi va psixologlarning faoliyati, ularning ish hujjatlari, tarbiyalanuvchilarning taʼlim-tarbiyasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, tarbiyachilarga pedagogik faoliyatiga doir metodik tavsiyalar berildi.