Joriy yilning 10 yanvar kuni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Termiz shahar hokimligi masʼullari, shahardagi 3 ta “Oilaviy bolalar uyi”da tarbiyalanayotgan o‘g‘il-qizlarning holidan xabar olish maqsadida, xonadonlarga tashrif buyurdilar. Bolalarning ahvoli, oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishilib, qishki taʼtil kunlarini mazmunli o‘tkazish borasidagi ishlari o‘rganildi.
Oliyjanob va ezgu ishga qo‘l urgan fuqarolarga minnatdorchilik bildirilib, oila aʼzosiga aylangan ushbu o‘g‘il-qizlarning maʼnaviyatli va vatanparvar bo‘lib kamol topishlariga ishonch bildirdilar. Uchrashuv doirasida "oilaviy bolalar uyi" yoshlariga turli sovg‘alar topshirildi.