Bugun Poytaxtimizdagi 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari maroqli dam oldi: bolalar uchun Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan "Anhor Lokomotiv" istirohat bog‘iga sayohat uyushtirildi.
Qizlar va o‘g‘il bolalar barcha attraksionlarni minib,charxpalakning eng baland nuqtasidan Toshkentni kuzatishdi. Barcha tadbir ishtirokchilari uchun jang sanʼati seksiyalarining yosh sportchilari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.Shu bilan bir qatorda, tarbiyalanuvchilarning o‘zlari ham sportning armrestling turi bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishdi. Tadbir so‘nggida charchagan, lekin juda baxtiyor yoshlar toza havoda, ochiq osmon ostida tushlik qilishdi.