Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Qo‘qon shahridagi Oilaviy bolalar uyi faoliyati o‘rganildi.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida xonadonda isitish tizimini yana-da barqaror bo‘lishini taʼminlash maqsadida Oilaviy bolalar uyiga yarim tonna ko‘mir va o‘tin yetkazildi.
Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab keng qamrovda o‘tkazilib, masʼul vakillar tomonidan ota-ona va farzandlarining talab-istaklari, mavjud muammolari shu joyning o‘zida bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar bajarilmoqda.