Dunyoga mashhur qirg’iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning so’zlari haqqoniyligi shu kunlarda O’zbekiston Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va turli tashkilotlar, muassasalari va korxonalari vakillari tomonidan o’tkazilayotgan Mehribonlik va mehr-oqibat harakatlarida yaqqol namoyon bo’lmoqda.
Masalan, shu kunlarda Chirchiq shahridagi 14-Mehribonlik uyi muassasasiga birin-ketin mehmonlar kelmoqda . Ular o’g’il-qizlar uchun haqiqiy bayramni tashkil etib, yangi yil sovg’alarini ulashyapti.
Xususan, 23-dekabr kuni Ucell mobil aloqa kompaniyasi bir guruh xodimlari ham tashrif buyurishdi. Ertasi kuni bolalar Respublika mudofaa vazirligining harbiy xizmatchilari tashrif buyurishdi.
Har bir bu kabi uchrashuvlar bolalarga unutilmas taassurotlar, quvonch va baxt ulashadi.