Prezidentimiz tomonidan 2023 yil – "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" yili deb eʼlon qilingan. Shu boisdan Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasining harbiy xizmatchilari bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va savodxonligini oshirish, ularning qanday kitoblarni yoqtirishini bilish uchun oilaviy uylarga tashrif buyurdilar.
Birinchi tashrif Jondor tumanida yashovchi Saidovlar oilasidan boshlandi. Harbiy xizmatchilar bolajonlar bilan bilan suhbat qurib, ular qanday kitoblarni o‘qishni hamda maktabda qaysi fanlarni ko‘proq yoqtirishlari bilan qiziqishdi.
Harbiy xizmatchilarning o‘zlari maktabda qanday o‘qiganliklari, oliy taʼlim muassasalariga kirishga qanday tayyorgarlik ko‘rganliklari haqidagi hikoyalarini bolajonlar katta qiziqish bilan tingladilar.
Tashrif davomida ota-onalar bilan bolalarning yashash sharoitlari hamda bolalarning taʼtil vaqtidagi rejalari va amallari haqida ham suhbatlashildi.
Uchrashuv yakunida mehmonlar bolalarga esdalik sovg‘alarini topshirishdi.