Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan "Jasorat maktabi" o‘quvchilari uchun “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida “Sportchi va yoshlar” tadbiri tashkil etildi.
Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sportga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda o‘z yutuqlari bilan shaxsiy tarkib orasida namuna ko‘rsatayotgan chempion-sportchi harbiylar bilan davra suhbati tashkillashtirildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan yetarlicha javob oldilar.
Bu kabi tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishi shubhasiz.