Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Bo‘stonliq tumanidagi “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mazmunli tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida kamondan otish bo‘yicha mashg‘ulotlar, kinologlarning xizmat itlari bilan amaliy chiqishlari, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar, harbiy qurol-aslaha ko‘rgazmalari hamda bolajonlar uchun turli interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar bolalarning yozgi dam olishlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va harbiy sohalarga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilarning faol qatnashuvi ularning ijtimoiy faolligi va jismoniy tayyorgarligini oshirishga katta turtki bo‘ldi.