Musiqa asboblarini chalishni o‘rganish birinchi navbatda, hissiy intellekt, qo‘l, barmoq va oyoqlarda ishlash mahoratini rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning sodir bo‘lgan voqelikni idrok etish va tahlil qilish, shuningdek, diqqat, xotira va nutq qobiliyatlarini yaxshilaydi. Poytaxtimizda joylashgan 2- sonli mehribonlik uyida "Anʼanaviy xonandalik" hamda "Milliy cholg‘u asboblari" bo‘yicha to‘garak tashkillashtirildi. Mazkur to‘garaklarda sanʼatsevar yoshlar rubob musiqa asbobida milliy kuylarimizni chalish, hamda vokal darslarida o‘z ovoz tembrlarini sozlab, qo‘shiq kuylashni qunt bilan o‘rganib kelmoqda.
Tashkil etilgan to‘garak yoshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tqazib, sanʼatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, shu bilan bir qatorda, qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.