Toshkent viloyatidagi 15-sonli Mehribonlik uyida Yangi yil munosabati bilan saxovat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari, tuman hokimligi va mutasaddi homiylar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok yetishdi.
Tadbir davomida mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchilarga homiylar tomonidan yangi yil sovg‘alari ulashildi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan sheʼrlar, yangi yil tabriklari aytilib, mehmonlarning kayfiyatlariga ko‘tarinki rux baxsh etildi.