Bilamizki hozir respublikamizning barcha viloyatlarida bolajonlar va ularning ota onalari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Har bir ota-ona o‘z farzandining bilim olishiga imkon yaratish uchun savdo do‘konlaridan turli xaridlarni amalga oshirmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ham boshlanayotgan yangi o‘quv yili uchun kerakli maktab o‘quv qurollari bilan taʼminlandi.
Mamlakatimizda oilaviy bolalar uylarining tashkil etilishi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning milliy anʼanalar va insoniy fazilatlar negizida, oilaviy qadriyatlar muhitida tarbiyalanishida hamda eng asosiysi ota-ona mehr-g‘amxo‘rligida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi.