Yodgora ota-onasidan erta judo boʻldi. Shu qadar ertaki, chaqaloqning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi ham yoʻq edi. Qarshi tumani hokimligi Bolalar huquqlarini himoya qilish sektori, FHDYO bo‘limlari xodimlari va Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda har bir fuqaro uchun ilk va muhim boʻlgan hujjat bilan qizchaning ta’minlanishida oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Joriy yilning 23-avgust kuni Yodgoroy 9 yoshini tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga ega boʻlgan holda nishonlaydi.