Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan viloyatlik uch oila farzandlari uchun Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.
Bolalar ochiq osmon ostidagi muzey – Ichan qal’aga tashrif buyurishdi.
Tadbir davomida oʻg’il-qizlarga bu yerda saqlanib qolgan 60 ga yaqin tarixiy inshootlar haqida so‘zlab berildi. Kunya-Ark qal’asi, Tosh-Xauli saroyi, Kalta-Minor va Islom-Xo‘ja minoralari, shuningdek, 213 ta o‘ymakorlik ustunlari bilan dunyoga mashhur Juma masjidi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.