Kuni kecha Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Yunusobod tumani hokimligi tomonidan Toshkent teleminorasiga ekskursiyaga taklif etildi. Bolalarga Markaziy Osiyodagi yeng baland bino, kuzatuv maydonchasi qanday qurilganligi, uning tarixi va loyihani amalga oshirishda hissa qo‘shgan insonlar haqida so‘zlab berildi.
Barcha ishtirokchilar poytaxtning go‘zal manzarasini yuqoridan kuzatishib, ulkan taassurotlar bilan uylariga qaytishdi.
Shundan so‘ng, Yunusobod tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev tarbiyalanuvchilar bilan suhbatlashib, ularni Toshkentdagi eng baland nuqtada joylashgan “Koinot” restoraniga tushlikka taklif qildi. Tuman hokimligi rahbari bolalardan ularga nima ayniqsa yoqqanini so‘raganida, ular tezyurar lift va butun dunyo teleminoralari maketlari aks ettirilgan galereya deb javob berishdi. Ekskursiya fotosessiya bilan yakunlandi.