Fargʻona viloyatidan yana bir quvonchli xabar. Bu safar – Furqat tumanidan. Yetim bolalarga ona bo‘lib, ularga butun qalbi, mehr va e’tiborini bag‘ishlagan Nurmatova Halimaxon ona Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan "Mo‘tabar ayol" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda onajonga mukofot topshirilganda, "Bizning onajonimiz eng mehribon!" – deb quvonishdi bolajonlar.