Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan davomiy islohotlar natijasida G‘ijduvon tumanida "Mehr daftari" platformasiga kiritilgan jami 32 nafar o‘g‘il-qizlarning orzu-istaklari o‘rganildi.
"Mehr daftari" jamg‘armasi hisobidan olingan mablag‘lar ularning muammolari, qiziqishlari va orzu-istaklarini hal qilish maqsadida sarflanmoqda.
Jumladan, kasbga yo‘naltirish yuzasidan o‘quv-kurs xarajatlari, soliq va kommunal to‘lov qarzdorliklari qoplab berildi.
Shuningdek, 15 nafar bolaga qishki kiyim, 2 nafar bolaga sport formasi, 2 nafariga kiyim shkaflari, 1 nafariga yotoq divani hamda 2 nafariga dars tayyorlashi uchun mebel jihozlari olib berildi.
"Hamma bolalarga ozgina yordam, ozgina umid va ularga ishonadigan odam kerak". Biz ishonamiz va umid bildiramiz!