Poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayramni qizg‘in kutib oldi.
Betman va O‘rgimchak odam, Oppog‘oy va Zolushka kabi ertak qahramonlari nafaqat bolajonlarni bayram bilan tabriklashdi, balki, qo‘shiqlar kuylab barchaga xushkayfiyat ulashdi. Shu bilan bir qatorda, tashkilotchilar tomonidan milliy o‘yinlar, estafeta va arqon tortish musobaqalari, ko‘rik-tanlov hamda viktorinalar tashkil etilib, barcha tadbir ishtirokchilari birgalikda vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdi. Kunning ikkinchi qismida bolajonlarga sovg‘alar taqdim etilib, esdalik uchun suratga tushishdi.