Oldin xabar qilganimizdek, "Qo‘riqlash servis " DUK o‘quv markazida Toshkent shahridagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun 10 kunlik kurslar tashkil etilgan bo‘lib, unda tahsil olish istagini bildirganlar turli toifadagi obyektlarni himoya qilish sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib kelmoqda.
Bu yerda bolalarga xavfsizlik va signalizatsiya tizimlari, tashqi videokuzatuv kameralarini o‘rnatish, montaj qilish va sozlash, shuningdek, xavfsizlik xizmatining dasturiy taʼminoti bilan ishlash bo‘yicha bilimlar o‘rgatiladi.
Kuni kecha o‘quv-tarbiya muassasasining yana o‘n nafar tarbiyalanuvchisi o‘qishni bitirib, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risida sertifikatlar oldi. Yoshlar 18 yoshga qadam qo‘yib, “Mehribonlik” uyini tark etganda, ular egallagan kasb-hunarlari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ushbu kurslar Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan tashkil etilgan.