Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi Oilaviy bolalar uyi farzandlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida Valiev, Ro‘zmatov, Madg‘oipov va Parmonovlar oilasi farzandlarining murojaat va takliflari tinglandi. Bolajonlar bilim darajasini oshirishga, dunyoqarashini kengaytirishga, jismonan chiniqtirishga yordam beradigan mashg’ulotlar haqida oʻz fikrlarini bildirishdi . Yoshlarning barcha fikr va takliflari Milliy gvardiya vakillari tomonidan maʼqullandi va kerakli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, harbiylar va ota-onalar o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, oilaning inson hayotidagi o‘rni, bolani tarbiyalashda ota-onaning vazifalari kabi dolzarb mavzularda suhbatlashdi.