Qo‘qon tumanida yashovchi “Mehr daftari” elektron tizimiga kiritilgan 22 nafar yigit-qizlarga kompyuter to‘plamlari, tikuv mashinalari, maishiy texnikalar, qurilish materiallari va mebellar – muxtasar aytganda, yoshlarga zarur buyumlar topshirildi. Tadbirda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘qon shahri hokimligi vakillari ishtirok etdilar.