Kuni kecha Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan mamlakatimiz boʻylab Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari, mustaqil Vatanimiz uchun jon fido qilgan qahramonlarni yod olishga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi "Turnalar" yodgorlik majmuasida oʻtkazilgan tadbir shular jumlasidandir.
Mazkur tadbirga 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham taklif etildi.
Shundan so`ng, tinchlik va osoyishtalik yoʻlida qurbon boʻlgan urush qatnashchilari xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan haykal poyiga yoshlar ishtirokida gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirning rasmiy qismi yakunlangach, ishtirokchilar mehnat faxriylar bilan dildan suhbatlashib, esdalik uchun suratga tushishdi.