Termiz shahrida istiqomat qiluvchi M.Holiqovalar oilasining farzandlari 16-17 yoshda. Eng katta qizi Madina iyun oyida o‘n sakkiz yoshga to‘ladi va u ham referendum va saylovlarda ovoz bera oladi. Shu kunlarda yangilangan Konstitutsiya bo‘yicha oʻtkazilayotgan referendum qizg‘in muhokama qilinayotganligi bois, Madina va ukalari onasidan saylov, referendum, uning mazmun-mohiyati va ahamiyati, saylovchilarning huquqlari haqida so‘zlab berishini so‘radi. Muxabbat Shodievna bolalarning bu masalalarga bo'lgan qiziqishidan mamnun bo'ldi, chunki, bu yoshlarda fuqarolik pozitsiyasining shakllanayotganligidan darak berardi.
Oila a’zolari birgalikda saylov huquqi va saylovga oid ko‘plab adabiyotlarni mutolaa qildilar.
Batafsil va aniq javob olish maqsadida ular o‘z shahrida bo‘lib o‘tayotgan tadbirlarda ishtirok etdi. Tadbir davomida mutaxassislar, huquqshunoslar tomonidan qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati tushuntirildi.