Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 5 nafari referendumda ishtirok etib,saylov uchastkasida tushgan fotosuratlari bilan bo‘lishdi. 18 yoshga to‘lgan uch o‘g‘il va ikki qizlarga ovoz berishdan avval Konstitutsiyamiz va uning har bir fuqaro hayotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi.
Yoshlarning “Referendum to‘g‘risida”gi qonun, saylov huquqi, yurt va xalq uchun muhim bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda har bir fuqaro faol bo‘lishi qanchalik muhimligi toʻgʻrisida batafsil ma’lumot olishga intilayotganligi o‘qituvchilar, ishtirokchilar va yoshi ulugʻlarni ham quvontirdi.