Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Milliy gvardiya inspektor-psixologi Mirobod tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda 110-maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan “Yoshlar o‘rtasida terrorizm va ekstremizmni oldini olish” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Tadbirda o‘smirlar bilan bolalarning noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yish sabablari va buning qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘z yuritildi. Xodimlar yoshlar ongini terrorizm va ekstremizm g‘oyalari bilan zaharlanayotgani, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning yosh organizmga qaytarilmas taʼsiri haqida so‘z yuritildi. Kiberjinoyat mavzusi maktab o‘quvchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi. O‘quvchi yoshlar faollik bilan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha eng samarali chora-tadbirlar yuzasidan takliflari bilan o‘rtoqlashishdi.