Vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar izchil davom etmoqda. Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sog‘lom, ma’naviy yetuk va jasoratli insonlar etib voyaga yetkazish maqsadida Qo‘qon shahrida joylashgan 41-sonli umumta’lim maktabida “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.