Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qismda “Jasorat” sinfi o‘quvchilari ishtirokida jamoani jipslashtiruvchi hamda bilimni faollashtiruvchi trening mashg‘ulotlari va interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida har bir jamoaga birgalikda harakat qilishni talab etuvchi topshiriqlar berildi. O‘quvchi yoshlar mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, jarayonni ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar.
Trening yakunida ishtirokchilarga jamoada har bir a’zoning faol ishtiroki muhimligi ta’kidlanib, bilish jarayonlarini faollashtiruvchi mustaqil trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berildi.