Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ishlari boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi va shimoliy-g’arbiy harbiy okrugi bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda ona Vatanga bo‘lgan sadoqatni oshirish maqsadida "Yoshlar oyligi" doirasida shahar-tuman yoshlari uchun Nukus shahri "Vatanparvarlik karvoni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlar uchun harbiy texnikalar ko‘rgazmasi o‘tkazilib, xizmat itlari va xizmat otlari ishtirokida ko’rgazmalar tashkil etildi.
Harbiylar tomonidan namoyish etilgan ko‘rinishlar yoshlarda harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshishiga xizmat qildi.