Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi doirasida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan viloyatdagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan 4 ta yo‘nalishda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlarni bandligini taʼminlash, yoshlarni sifatli taʼlim, kasb-hnarga o‘qitish va bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yoshlarda sog‘lom fikr va dunyoqarashni shakllantirish borasida amaliy ishlar tashkil etilib, mavjud 63 nafar yoshlarning 150ga yaqin muammolari ijobiy hal etildi.
Yoshlarimizning oldiga qo‘ygan maqsadlarini bilish hamda ular bilan olib boriladigan kelgusidagi ishlarni rejalashtirish maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan har bir yosh bilan suhbatlar olib borilib, ularning xohish-istaklari asosida tegishli chora-tadbirlar hamda yo‘l xaritalari belgilab olindi.