Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 oktyabrdagi "Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyatida "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimiga kiritilgan, 2022 yilda uy-joy bilan taʼminlanishi lozim bo‘lgan 22 nafar bolalar uchun zamonaviy, to‘liq jihozlangan yangi xonadonlar tayyorlandi.
Ana shunday quvonchli tadbirlardan biri Oltinsoy tumanida bo‘lib o‘tdi. Abduvayitov Javohirning quvonchlari cheksiz. Sababi u bugun o‘z xonadoniga ega bo‘ldi.
- Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan mana shunday imkoniyatlardan keng foydalangan holda, hurmatli Prezidentimizning ishonchlarini oqlab, mamlakatimizga foyda keltiradigan yetuk kadr bo‘lib yetishaman - deydi Abduvayitov Javohir.