Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash va moddiy ko‘maklashish maqsadida Mahalla xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda 7 nafar Mehribonlik uyi bitiruvchilariga 2.000.000 (ikki million) so‘mdan bir martalik moddiy yordam pullari topshirildi.
Tadbirda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi boshlig‘i, Mahalla xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari, Farg‘ona shahar hokimligi, OAVlari vakillari ishtirok etdi.