Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan "MURG‘AK QALB" nomli oilaviy bolalar uyida 5 nafar bola mehr va muhabbat bilan qurshalgan muhitda voyaga yetmoqda. Bugun ular oila davrasida yozgi taʼtilning so‘nggi kunlarini maroqli o‘tkazmoqdalar.
Qizlar kun davomida aslo bo‘sh o‘tirishmaydi. Dam olish kunlari ota-onasiga uy yumushlarida ko‘maklashib bo‘lgach, kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirmoqdalar. Shuningdek, milliy cholg‘u asboblaridan biri rubob chalish sirlarini hamda chevarlik sanʼatini ham mohirlik bilan o‘zlashtirishmoqda.
Bundan tashqari qizlar sport sog‘liq garovi degan shiorga ham amal qilgan holda shaxmat hamda quvnoq startlar o‘yinlarini o‘ynab chiniqmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari o‘z maromida ketmoqda.