Poytaxtimizdagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun yozgi taʼtilning so‘nggi kunlarida homiylar tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “River Garden” dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi. Bu yerda bolalarni madaniy-ko‘ngilochar dastur, sovg‘a-salomlar va shirinliklar kutardi. Kun davomida bolajonlar stol atrofida turli o‘yinlar o‘ynadi, ochiq chuv havzasida cho‘milib, Bo‘stonliq viloyatining so‘lim go‘shalarida sayr qildi.
Tashkilotchilar xayrlashuv sovg‘alarini topshirar ekan, bolalarga o‘qishlarida omad tiladilar.