Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidan tashrif buyurgan Ergashevlar oilasi xayrli ishga qo‘l urib, turli yosh va millatga mansub besh nafar o‘g‘ilni o‘z qaramog‘iga olishdi. To‘rt nafar bola Toshkentdagi 22 - sonli “Mehribonlik” uyi, beshinchisi- 13 yoshli Ruslan esa Chirchiq shahridagi 14-sonli “Mehribonlik” uyida tarbiyalanuvchisidir. Aksariyat yigitlar allaqachon balog‘at yoshida bo‘lib: ikkitasi 17 ni va yana ikkitasi 16 ni to‘ldirgan.
Ergashevlar oilasiga berilgan birinchi savol quyidagicha bo‘ldi: tarbiyalanuvchilarning yoshi kattaligi, o‘z xarakterlari, odatlari ularni qo‘rqitmadimi?
Ota-ona shunday javob berdi:
– Ikki o‘g‘ilni tarbiyaladik: to‘ng‘ich farzandimiz hozir universitetda o‘qiydi, ikkinchi o‘g‘limiz 7-sinf o‘quvchisi. Biz yigitlar tarbiyasida oz bo‘lsada tajribaga egamiz. Biz bir-birimizdan yaqin munosabatlar o‘rnatishni, umumiy qiziqishlarni izlashni, hamma bilan til topishishni o‘rganmoqdamiz. Ruslan ham to‘ng‘ich o‘g‘limiz kabi sportga mehr qo‘ygani, Toshkentdagi sambo seksiyasiga tashrif buyurganini allaqachon bilib oldik. Oleg mashinalarni taʼmirlashni bilishi, avtomexanik bo‘lishni orzu qilishini aytdi. Bu ajoyib, yaxshi kasb va bizning hududda judayam keraklidir. Danil va Artur o‘zlarini stilistlik kasbida sinab ko‘rishni xohlashmoqda, agar ular kelajakda o‘z bizneslarini ochishga qaror qilishsa, biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Samir kompyuterlar bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi va kenja o‘g‘limiz ham kompyuter sohasi bo‘yicha yuqori bilimga ega ekan.
Masturaxon Abdujalilovna o‘smirlar bilan muloqot qilishda katta tajribaga ega: u maʼlumoti bo‘yicha o‘qituvchi bo‘lib, hozirda u direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari – katta o‘qituvchidir. Oila boshlig‘i Dilshodbek Ibroximovich uzoq yillar oftalmolog bo‘lib ishlagan. Bir muddat avval dehqonchilik bilan shug‘ullanishga qaror qildi va albatta, bu ish ularning ko‘p vaqtini band etmoqda. Shu bois bolalar qarovsiz qolib ketmasligi uchun Masturaxon opaning opasi, Shaxnoza Abdujalilovnani tarbiyachi qilib olishdi.
Shu kunlarda Ergashevlarning xonadonida mehmonlar ko‘p tashrif buyurib: qarindosh-urug‘lar, mahalladagi qo‘ni-qo‘shnilar – hamma bolalar yaqindan tanishishmoqda.