Margʻilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyining bitiruvchisi Yashina Irina ijtimoiy muammolari mavjudligi bois, Fargʻona viloyati hokimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari K. Anvarovnaga murojaat qildi.
I.Yashinaning murojaati tegishli tartibda oʻrganilib, ijobiy tarzda hal qilindi. Shu bilan bir qatorda, Irina Monomarkazdagi kasb-hunarga oʻqitish kursiga qabul qilinib, 700 ming soʻm stipendiyaga ham ega boʻldi. Bundan tashqari davlat tomonidan berilgan 1 xonali xonadoni Fargʻona shahar hokimligi tomonidan toʻliq jihozlab beriladigan boʻldi.
Bu hali hammasi emas! Qahramonimizning endi oʻz oilasi bor. Viloyat hokimi oʻrinbosari Komila opa Irinani oʻz oilasi bagʻriga qabul qildi.
Irina 4 opa-singillari va ota-onasi bilan baxtli hayot kechirmoqda.