O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Milliy gvardiya inspektor-psixologlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminari yakunlandi / / Andijon shahridagi 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab internatida sportning kamondan o‘tish turi bo‘yicha mahorat darslari hamda bellashuvlar o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi // “Mehribonlik” uylari bitiruvchilari va Oilaviy uylar farzandlarining talabalar turar joylaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi / / Yosh sportchilar xalqaro musobaqada ishtirok etishdi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik dan o‘tkazildi / / Vatanga mehr oiladan boshlanadi / / Oilaviy uy farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi / / Milliy gvardiya va maktab hamkorligi  / / Maktablarda faoliyat olib borayotgan xodimlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi / / Shofirkon tumanida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri o'tkazildi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Xiva shahridagi Ichan qalʼa tarixiy obidasida otaliqqa olingan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi / / Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish, yoshlarda ertangi kunga bo‘lgan ishonch tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi / / Oʻzbekistonda bolalar va oʻsmirlar vaziyatining tahlili bo’yicha hisobot taqdimoti // Tahlil sogʻliqni saqlash va taʼlim xizmatlaridan adolatli foydalanish boʻyicha sezilarli yutuqlarni, shuningdek, bolalarni himoya qilish borasida qonunchilikdagi mislsiz oʻzgarishlarni koʻrsatadi / / 2021-yil 9-avgustdan 2024-yil 8-oktabr holatiga koʻra «SOS Oʻzbekiston Bolalar Mahallalari» Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchasi va Oilaviy bolalar uylarida 2880 nafar bola (qarindoshlar, doʻstlar, vasiylik va homiylik ostida) tarbiyalanmoqda / / Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari va mahalliy yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi / / Maktablarda o‘quvchi-yoshlar bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda / / Milliy gvardiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi hamda Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida Oilaviy uylarining farzandlari va ularning sinfdoshlari uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi / / Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! / / Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari mustaqil hayotga tayyorlanmoqda 

Fargʻona viloyatida Mehribonlik uyining navbatdagi toʻrt nafar sobiq bitiruvchilariga uy-joy kalitlari topshirildi

12.6.2023 1153

Hasan va Xusan Oxunovlar Fargʻona shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyida ulgʻaygan. 2020-yilda 18 yoshga toʻlgan ushbu egizaklarga yashash uchun umuman sharoiti boʻlmagan yotoqxonaning bir xonasi ajratilgan.
Joriy yil boshida Milliy gvardiya va hokimiyat vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan 30 yoshgacha boʻlgan Mehribonlik uyi sobiq bitiruvchilarining turmush sharoitini oʻrganish jarayonida aka-ukalar ham yashash sharoitini yaxshilashga muhtojlar roʻyxatiga kiritildi.
Hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar samarasida kuni kecha Fargʻona shahridagi “Yulduz” mahalla fuqarolar yigʻinidan Hasan va Xusanlarga barcha sharoitga ega yangi xonadon kalitlari topshirildi. Aka-uka davlat tomonidan koʻrsatilayotgan bu kabi gʻamxoʻrlikdan mamnun.
Shuningdek, uch nafar farzandning onasi 27 yoshli Nargiza Abdurahmonova ham Qoʻqon shahridagi 12-sonli Mehribonlik uyi 21 yoshli Odarka Ermakova Fargʻona shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi bitiruvchilari hisoblanadi.
Ular yillar davomida ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar qatori uy-joy bilan taʼminlanishlarini kutishgan.
Nargiza 12 yil davomida yotoqxonada yashagan va bu vaqt ichida u turmushga chiqib, uch nafar farzand koʻrgan. Hammomi, hojatxonasi va oshxonasi umumiy boʻlgan, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan yotoqxonaning bir xonasida besh kishi yashashgan.
Milliy gvardiya va hokimiyat vakillari tomonidan oʻrganilib roʻyxatga kiritilgandan soʻng, Nargizada ham umid uchqunlari paydo boʻla boshlagan boʻlsa bugun, Qoʻqon shahridagi “Mustaqillik” MFYda oʻzi va farzandlari uchun barcha sharoit yaratilgan xonadonning baxtli egasiga aylandi.
Odarka Ermakova esa 18 yoshga toʻlgandan soʻng, akasinikida (davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun ajratilgan xonadonda ) qoʻnim topgan. Ammo oʻz oilasi va uyi boʻlish orzu istagi bilan oʻtgan yili chet elga pul ishlab topish uchun ketadi biroq, qoʻlida hunari boʻlmagan odamga har joyda qiyinchilik tugʻdiradigan taqdir uni Vataniga qaytishga majbur qiladi.
Kuni kecha qahramonimizga ham Fargʻona shahridagi koʻp qavatli uylarning biridan yangi xonadon kaliti topshirildi. Oʻz xonadoniga qadam qoʻygan Odarkaning xursandchiligini tariflashga til ojiz.