Farg‘ona viloyatida yangi qad rostlagan "Eco city"da davom etayotgan “Chilla isteʼdodlar mavsumi” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan barcha yo‘nalishdagi tadbirlarda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy hizmatchilari faol ishtirok etib, jamoat tartibini munosib saqlashmoqda.
Shunday badiiy va madaniy tadbirlardan biri "Yozuvchilar uyushmasi" bilan hamkorlikda "Nazm va navo" nomi bilan tashkillashtirildi. Tadbirda harbiy xizmatchilar, huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari hamda taʼlim muassasalar ijodkor o‘quvchi-yoshlari va talabalari ishtirok etdilar. Ular tomonidan tasviriy va amaliy sanʼat yo‘nalishlarida musobaqalar o‘tkazildi. Amaliy ijro etilgan g‘azallar va kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.
Bunday tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarni maʼnaviy dunyoqarashlarini kengaytirish va kitobga bo‘lgan qizishlarini oshirish, ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon qilishlariga ko‘maklashishdir.