Viloyatdagi "Kelajak va baxt" nomli Oilaviy bolalar uyiga Yangi asr mahallasida istiqomat qiluvchi Ro‘ziboyevlar oilasi asos solgan. Ular yetti nafar qizaloqlar tarbiyasini o‘z zimmalariga olib,bugungi kunda ahil va baxtli hayot kechirishmoqda.
Farg‘ona tumani hokimi H.Inomov kuni kecha mehr-oqibatli oilada mehmon bo‘ldi.
Tuman hokimi mazkur xonadonda bolalarning yashashi, o‘qishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrif yakunida qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.