Mazkur mahorat darslarida Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylarining 45 nafar farzandlari, Quvasoy shahar 90-sonli kar bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatining 48 nafar o‘quvchi yoshlari hamda 24 nafar Prezident maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.
Tadbir so‘ngida tashkilotchilar tomonidan faol o‘quvchilar va g‘oliblar esdalik sovg‘alar hamda xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlandilar
Bu kabi mashg‘ulotlarning davomiyligi o‘quvchilarning IT sohasi va zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini, bilim olishga bo‘lgan intilishlarini hamda o‘z tengdoshlari qatori o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga keng zamin yaratmoqda.