Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Tomdi tumanidagi Oilaviy bolalar uyi farzandlari Zarafshon shahridagi Bolalar poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tadbirda 33 nafar bolajonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, dastlabki tekshiruvlardan keyin aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha muolajalar o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bolalar poliklinikasi masʼullari tomonidan muolajaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va shifokor ko‘rigida bo‘lish zaruriyatiga qarab bolajonlarning davolanish muddati o‘zaro kelishib olindi.