Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi masʼul ofitserlari, psixologlari tomonidan shahar va tuman hokimliklari Bolalarni himoya qilish sho‘ba mudirlari bilan hamkorlikda oilalarda tarbiya topayotgan farzandlarning tarbiyasi hamda maktabdagi taʼlim jarayonlari o‘rganib chiqilmoqda.
Xususan, kuni kecha viloyatdagi Valiyevlar, Ro‘ziboyevlar hamda Akbarovlar oilalari farzandlari tahsil olayotgan ilm dargohlariga tashrif buyurildi.
Mutaxassis psixologlar tomonidan bolalarning taʼlim dargohi, do‘stlari, qolaversa, bilim olishga bo‘lgan munosabatlari o‘rganilib, ularning fikrlari tinglandi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, farzandlarning taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, barchasi taʼlim dargohlariga va yangi oilalar davrasiga moslashgan. Bu albatta, oilada sog‘lom muhit va tarbiyaning to‘g‘ri tashkil etilganligidan dalolat beradi.