Andijon viloyatida “Kamondan otish” federatsiyasi viloyat bo‘limi tomonidan “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari va òz oldiga aniq maqsad qòya olmagan yoshlar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Bu musobaqalar "Junga" deb nomlanib, unda ishtirok etgan 32 ishtirokchining hech biri ilgari kamonchi tajribasiga ega bo'lmagan. Musobaqa oldidan bolalarga bu olimpiya sport turining shakllanish va rivojlanish tarixi haqida so‘zlab berildi, ularga kamon va o‘qning qanday ishlashi, to‘g‘ri otish qoidalari ko‘rsatildi. Biz amaliy mashg‘ulot o‘tkazdik, shundan keyingina yigit-qizlar saboqni qanday o‘rganganliklarini ko‘rsatishdi.
Musobaqada Bolalar shaharchasi tarbiyachilari, Milliy gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.
Kamondan otish nima uchun kerak Kamondan otish - xotirjamlik va aql kuchini rivojlantirish, mushaklarning chòziluvchanligini mustahkamlash, ko'z nurini rivojlantirish va immunitetni oshirishning ajoyib usullaridan biridir. Hattoki shifokorlar ham raqqoslar hamda kamonchilarning jismoniy soģligi eng yaxshi holatda ekanligini aytishadi. Bundan tashqari, kamondan otish nafas olish tizimi va yurak-qon tomir tizimini yaxshilaydi. Psixologik muvozanat - kamondan otish sporti bilan shug'ullanishning yana bir ijobiy natijasi. Kamondan o'q uzgan odam xotirjam, aqlli va ruhan sholom bo'ladi, lekin ayni paytda diqqatni jamlash va o'ziga ishonchni yo'qotmaydi. Kamondan otish juda qiziqarli sport turi bo'lib, organizmga ham rivojlantiruvchi, ham tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Bu sport turining tarbiyaviy ta'sirlaridan biri bu, chidamlilik va barqaror texnikadan tashqari, vazminlik, ishonch va xotirjamlik kerak, chunki yaxshi natija uchun asosiy omillardan biri to'g'ri axloqiy munosabatdir.
Ko'rinib turibdiki, kamondan otish uchun beshta emas, balki yana ko'p sabablar bor.