#maktabyillariajoyib
Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli “Mehribonlik” uylari, respublika bo‘ylab oilaviy bolalar uylari farzandlari yangi o‘quv yilining birinchi kunidagi fotosuratlar bilan bo‘lishishdi. Ayniqsa kecha birinchi marta birinchi sinfga borgan o‘g‘il va qizlar uchun birinchi qo‘ng‘iroq muhim voqea bo‘ldi. Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun ham bu kun esda qolarli bo‘ldi: ko‘p o‘tmay ular katta, mustaqil hayotga qadam qo‘yishadi va bu qadam qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan ular hozir qanday saboq olishiga, maktabni qanday bitirishiga, qaysi kasbni tanlashiga, qanday yo‘l tutishiga bog‘liq. Bolalarga ko‘ra, ular yonida Milliy gvardiya xodimlari borligi ularga g‘urur bag‘ishlaydi. Yoz mavsumida gvardiyachilar ular uchun oromgohlarda harbiy-vatanparvarlik, sport, maʼrifiy qiziqarli tadbirlarni tashkil etishdi. Bolalarning maktabga tayyorgarlik ko‘rishida yordamlashdi va hozir, maktab kunlarida,bolalarni doim qo‘llab-quvvatlaydigan, maslahat va darslar bilan yordam beradigan inspektor-psixologlar bor.