Toshkent shahar 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari somsa va pissa tayyorlash jarayonidan fotosuratlar bilan bo‘lishdi. Bolalar internetdan retsept topib, tarbiyachilar va oshpazlar yordamida xamir yoyib, ajoyib somsalar hamda mustaqil ravishda pissa pishirishdi. Juda mazali bo‘ldi! “Biz ovqatlarni mustaqil pishirishni o‘rganishimiz lozim. Bir necha xil sho‘rva turlarini tayyorlay olamiz, lekin pishiriqsiz, ayniqsa bizning milliy somsamizsiz dasturxonni tasavvur qilib bo‘ladimi ?” – deya taʼkidlashdi tarbiyalanuvchilar.