Bolalar psixologiyasi markazi faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab hech qachon bo‘sh, to‘g‘rirog‘i, bolalarsiz bo‘lmagan: bu yerga 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar keladi. Baʼzilarini o‘qituvchilari yoki ota-onalar olib kelishadi, boshqalari bo‘lsa o‘zlari tashrif buyurishadi. Bolalar bu yerda o‘zlarini qulay his qilishadi: tajribali bolalar psixologlari ular bilan suhbatlashadi va shu bilan bir qatorda, ularni tinglaydi. Bu kabi dildan kechgan muloqotlar, bolajonlarni o‘zini, his-tuyg‘ularini tushunishga, o‘smirlik davridagi qo‘rquvlarini yengishga yaqindan yordam bermoqda.
Suratlarda: Oilaviy bolalar uyi farzandari va 22-sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari (“Bolalar psixologiyasi” markazining doimiy tashrif buyuruvchilari)