22-25 avgust kuni Qo‘qon shahrida sportning “Armvrestling” turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi chempionatida An Anora Nuriyevnani 50 kg vazn toifasida ishtirok etib faxrli 3 - o‘rinni qo‘lga kiritganligi haqida bergan edik.
Bugun chempionni taqdirlash uchun, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Peshku tuman bo‘limi, Mahalla xotin-qizlar bo‘limi hamda volontyor yoshlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz" shiori ostida Valfajir mahallasi hududida istiqomat qiluvchi Abdullayevlar xonadoni farzandlari holidan xabar olinib, An Anora Nuriyevnaning g‘alabasi eʼtirof etildi. Shuningdek, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Peshku tuman hokimining diplomi va esdalik sovg‘alari, shuningdek sport anjomlari taqdim etilib, yoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashildi.